Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzinfurushlarga qarshi reyd boshlandi

Benzinfurushlarga qarshi reyd boshlandi

Toshkent viloyatida benzin yoqilg‘isi bilan savdo qilayotgan shaxslar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on, Parkent, Chinoz va Yangiyo‘l tumani bo‘limlari tomonidan IIB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 7 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida «Ai-80» markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 721 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Zarafshon tumanida 2774 litr «Ai-80» markali benzin yoqilg‘isini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi odindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar, Tomdi va Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.N. noqonuniy daromad orttirish maqsadida «Zil» rusumli yoqilg‘i tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasida «Ai-80» markali benzin yoqilg‘isini Karmana tumanida qo‘lda qimmat narxlarda o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, jami 2 774 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkent shahrida 5,6 tonna benzin yoqilg‘isini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 13 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida «Ai-80», «AI-95», « AI-92» markali benzin yoqilg‘isini qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 5,6 tonna benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda Ai-80 markali benzin yoqilg‘isini qo‘lda qimmat narxda sotish holatlari aniqlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring