Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyadagi ish armon bo‘lib qoldi...

Avstraliyadagi ish armon bo‘lib qoldi...

Shu yilning 22 may kuni Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TBdan firibgarlik holati qayd etilgani haqidagi hujjatlar kelib tushdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Unga ko‘ra, 2019 yil avgust oyidan sentyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy shox ko‘chasidagi uylarning birida yashovchi, nafaqaxo‘r X.X. Urgut tumani Uzum mahallasida yashovchi Sh.X. va Qo‘shmachit mahallasida yashovchi M.M.ning o‘g‘li U.X.larni Avstraliya davlatiga ishlashga yuborishda yordam berishga va’da beradi. Firibgarlik yo‘li bilan Sh.X.dan 3.000 AQSh dollari hamda M. M.dan esa 3.500 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuboradi. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida xodimlar tomonidan X.X. ushlangan.

21 may kuni X.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring