Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliment pulini to‘lamagan aktyor 15 sutkaga qamaldi

Aliment pulini to‘lamagan aktyor 15 sutkaga qamaldi

Seriallarda «ko‘cha obrazi»ni yaratgan, MIB binosida esa o‘zini «qiynalgan erkak» ko‘rinishida gavdalantirgan aktyorning «sahna mahorati» va qorovul bo‘lib ishlashi haqidagi hiylalari ish bermagan.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining Yuqorichirchiq tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor U.M dan, undiruvchi Sh.J foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida aliment pullari vaqtida to‘lanmaganligi evaziga uning qarzdorligi jami 33 mln 167 ming so‘mni tashkil etishi aniqlangan. Xodimlar unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi haqida bir necha bor ogohlantirishgan.

Qarzdorning tushuntirishi bo‘yicha u seriallarda aktyor sifatida rol o‘ynab turishi, lekin muayyan ishlash joyi mavjud emasligi, shu sabab yuqoridagi summani to‘lab berish imkoniyati yo‘qligini vaj qilgan. Aktyorligi ish bermagach, madaniyat saroylaridan biriga 0,5 stavkaga qorovul bo‘lib ishga kirgani haqida ma’lumotnoma taqdim etgan, ammo bu ham ish bermagan.

Byuro xodimlari tomonidan qonun barchaga barobar tamoyili qo‘llanilgan. Qarzdorga nisbatan  MJtKning 47-moddasi bilan JIB Yuqorichirchiq tuman sudining qaroriga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring