Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

454 kishining bank kartasidan juda ko‘p miqdorda pul o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi

454 kishining bank kartasidan juda ko‘p miqdorda pul o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi N.M. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida noma’lum shaxs feyk xabar orqali uning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, jami 2.780.000 so‘m pullarini yechib olganligini bildirib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni bir guruh shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlangan.

Jinoiy guruh a’zolari Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan, 2006 y.t., A.A. va uning akasi 2001 y.t., A.Sh., Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi, Tojikiston Respublikasida 1985 y.t., N.B. va uning o‘g‘li 2006 y.t., B.D. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Guruh soxta havolalardan foydalanib, telegram messenjeridagi guruh va kanallarda yolg‘on xabarlarni tarqatib jami 454 nafar fuqaroning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirgan.

Guruh a’zolariga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Kiberxavfsizlik markazi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring