4000 AQSh dollari evaziga yer maydoni va’da qilgan firibgarga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi raisi Nodirbek Sharopovning ma’lum qilishicha, fuqaro F.Ergashev bir nechta fuqaroga 4000 AQSh dollari evaziga o‘ziga tegishli bo‘lmagan 4 sotixli yer maydoni olib berishni va’da qilib, firibgarlikka qo‘l urgan.
Muqaddam bir necha marotaba sudlangan F.Ergashev to‘rt kishi – U.Hakimov, H.Qorayev, X.Solihov va uning kuyovi B.Ro‘ziyevlarning har biridan 4000 AQSh dollaridan aldov yo‘li bilan olgan. Biroq, bu pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib, jabrlanuvchilarga moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Dastlabki sud tergovi jarayonidayoq firibgarning qilmishlari yetarlicha dalillar orqali o‘z o‘z isbotini topgan.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 168-moddasi 2-qismining «b» bandi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter