Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020-yilga qadar Fuqarolik kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi

2020-yilga qadar Fuqarolik kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi

Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Prezidentning tegishli hujjati bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Konsepsiya doirasida fuqarolik qonunchiligi unifikatsiya qilinadi va tizimlashtiriladi.

Asosiy fuqarolik-huquqiy institutlar takomillashtirilib, yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari optimallashtiriladi, bir-biriga o‘xshash, bozor munosabatlarida ommalashmagan tashkiliy-huquqiy shakllar tugatiladi.

Fuqarolik kodeksiga er-xotinning birgalikdagi vasiyatnomasi va meros shartnomasiga oid qoidalar kiritiladi.

Bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishning mustahkam huquqiy asoslari shakllantiriladi.

Yerga nisbatan xususiy mulk huquqini himoya qilish mexanizmlari joriy etiladi.

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning huquqiy asoslari shakllantiriladi.

Xususan, kripto-aktivlar aylanmasi rivojlantiriladi, shaxsi ko‘rsatilmagan ma’lumotlarning sezilarli massivlarini («big data») yig‘ish va qayta ishlash tartibga solinadi.

Shuningdek, fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha adliya vaziri boshchiligida idoralararo komissiya tasdiqlandi.

Komissiya 2020-yil 1-aprelgacha Fuqarolik kodeksining yangi tahririni ishlab chiqishi lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring