Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

0,7 gr. nashani deb «Mersedes-Bens»dan ayrildi

0,7 gr. nashani deb «Mersedes-Bens»dan ayrildi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi «Jartepa» chegara bojxona posti xodimlari mamlakatimizga giyohvandlik moddasini bojxona nazoratidan yashirib, qonunga xilof ravishda kontrabanda yo‘li bilan olib kirmoqchi bo‘lgan shaxsning qilmishini fosh etishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati.

Qo‘shni respublika fuqarosi A.A. boshqaruvidagi «Mersedes-Benz 180» rusumli yengil avtomashina belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, haydovchi o‘rindig‘i ostidagi to‘shama tagida qog‘ozga o‘ralgan holatda 0,7 gr. «marixuana» giyohvandlik moddasi yashirilganligi aniqlandi.

Yaqinda mazkur holat yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudlanuvchi giyohvandlik moddasi iste’mol qilmasligini bayon qilgan bo‘lsa-da, ammo Samarqand viloyat sud tibbiy ekspertiza byurosining xulosasiga ko‘ra A.A.ning organizimida tetragidrokannabinoidlar (nasha, marixuana) topilgan.

Sud sudlanuvchi A.A.ning sodir qilgan jinoyatini qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyat deb hisoblab, uning muqaddam sudlanmaganligini, oilali bo‘lib, qaramog‘ida 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini  e’tiborga olgan holda tegishli qarorni chiqardi.

Unga ko‘ra sudlanuvchi A.A.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi va O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqidan 10 yilga cheklandi.

Uning boshqaruvidagi «Mersedes-Benz 180» rusumli avtomashina davlat foydasiga musodara qilindi va topilgan «marixuana» giyohvandlik vositasi tegishli tartibda yo‘q qilindi.

 

.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring