Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarbdor hokimiyati mansabdorlariga jinoiy ish ochildi

Zarbdor hokimiyati mansabdorlariga jinoiy ish ochildi

Jizzax viloyati prokuraturasi mavjud sun’iy baliqchilik havzalarida prezident qarori ijrosi yuzasidan tekshirish o‘tkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimining tegishli qarori bilan «M.P» xususiy korxonasiga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida sun’iy havza yaratish uchun jami 20 gektar suvli yer maydoni ijaraga ajratilgan.

Tuman hokimligi mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan monitoring ishlari o‘tkazilmagani oqibatida korxona rahbari o‘ziga ajratilgan yerdan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan 48 ball bonitetiga ega jami 9 gektar yer maydonini noqonuniy egallab, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,4 mlrd. so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman hokimligi mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi hamda «M.P» xususiy korxona rahbariga nisbatan 192-11-moddasi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring