Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada noxush hodisa yuz berdi: FVB bayonoti

Zangiotada noxush hodisa yuz berdi: FVB bayonoti

Bugun Toshkent viloyati, Zangiota tumanida chiqindi suvlar oqib ketishi uchun mo‘ljallangan quduqdagi nosozlikni bartaraf etish uchun tushgan fuqaro chiqa olmagan.

Bu haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan vaqtda quduq ichiga tushgan 46 yoshli fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashib, hushini yo‘qotganligi ma’lum bo‘lgan.

Tezkorlik bilan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv anjomlari yordamida uni quduqdan olib chiqib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan va hayotini saqlab qolganlar.

Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam orqali davolash muassasasiga yuborilgan. Ayni vaqtda fuqaro shifokorlar nazoratida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring