Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda xalq pulini talon-toroj qilgan shirkat aniqlandi

Yunusobodda xalq pulini talon-toroj qilgan shirkat aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «Z.K.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar hududdagi xonadon egalaridan kommunal to‘lovlar uchun undirilgan jami 237,2 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring