Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YHXB xodimi xizmat avtomobilida YTHga uchradi

YHXB xodimi xizmat avtomobilida YTHga uchradi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Joriy yilning 19-mart kuni soat 16:00 larda, Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani hududidan o‘tgan 4R-100 avtomobil yo‘lining 97-kilometrida, Qiziriq tumani IIB YHXB xodimi U.Kenjayev «Lasetti» rusumli maxsus xizmat avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketib pastlikka tushib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Bandixon tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring