Yakkabog‘da bolalar polda o‘tirib darsda qatnashayotgani videosi tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘da bolalar polda o‘tirib dars o‘tayotgani videosi tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur video yozuvda qayd etilgan holatlar tegishli soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, o‘rganilmoqda.
Ishchi guruh tomonida o‘quvchilar polda o‘tirgan holda dars mashg‘ulotida qatnashayotganligi aks etgan lavha haqqoniyligi ham o‘rganilib, huquqiy baxo berilishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Navoiy viloyatida ham xuddi shunga o‘xshash holat suratlari tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter