XTBning 33 yoshli xodimi uyidan jonsiz holda topilgan
Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’uli, bo‘limning xodimlar bo‘yicha mansabdori F.R. o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bu haqda XTB mudiri Nargiza Samadovaga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Shahar XTB mudirining ma’lumot berishicha, voqea xodimning yangi sotib olgan, ammo bitmay qolgan «dom»ida sodir bo‘lgan.
«Eshon shahit» tomondan qurilishi bitmay qolgan uylardan xarid qilgan ekan. Aynan o‘sha yerda o‘zini osib qo‘ygan», — deydi mas’ul voqea haqida bilganini aytar ekan.
XTB mudirining ma’lumot berishicha, marhum o‘limidan avval ikki kunga ishdan ruxsat so‘ragan.
«Birinchi kuni otamning tobi yo‘q shifoxonaga olib boraman deb ruxsat so‘ragandi. Ikkinchi kuni esa ta’ziya chiqib qolganini aytib, bormasa bo‘lmasligini bildirdi. Shuning uchun ruxsat bergandim», — deydi XTB mudiri.
Ta’kidlanishicha, bo‘limning 33 yoshli xodimi shahar XTBda 2020 yil 11 martdan buyon faoliyat yuritib kelgan. XTBga ishga tayinlanishidan avval esa DXXda faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter