Xorvatiyada nar laylak oyog‘i singan modasini 16 yildan beri yolg‘iz tashlab ketmayapti
Xorvatiyada nar laylak oyog‘i singan modasini 16 yildan beri yolg‘iz tashlab ketmayapti. Har qish boshqa laylaklar kabi Janubiy Afrikaga uchib ketib, erta bahorda yana modasining oldiga qaytadi. Bu haqda «Hurriyet» yozmoqda.
16 yil avval Molena laqabli laylak bir ovchining o‘q uzishi tufayli cho‘loq bo‘lib qolgan edi. Jarohatlangan laylakni Stjepan Vokich ismli bir kishi ko‘rib qolib, parvarishlay boshlaydi.
Molenaning oldiga nari Klepatan erta bahorda 14 ming kilometr masofani bosib qaytib keladi.
Dunyoda 8600 dan ziyod parranda turi bo‘lsa, ulardan 92 foizi vafodor ekan. Bu jonivorlar sirasiga laylaklar, g‘ozlar, boyqushlar kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter