Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda aholining yo‘lni to‘sib qo‘ygani holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Xorazmda aholining yo‘lni to‘sib qo‘ygani holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda  Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida bir guruh shaxslar yo‘lni to‘sib qo‘ygani aytilgan video tarqaldi. Tuman hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hukumat qarori bilan gazdan ajratilgan mahallaga gaz ballonlari vaqtida yetkazilgan, faqat oqar suv muammosi ko‘tarilgan. «Tozabozor» mahallasining Oltinqum va Qo‘ng‘irot ko‘chasidan oqib o‘tadigan Qo‘ng‘irot kanalidagi suv chiqaradigan nasos buzilib qolgani uchun ekinlarni sug‘orish muammo bo‘layotganidan aholi mahalla raisiga murojaat qilgan.

«Tozabozor»da o‘rganishlar davomida ushbu holat yuzasidan MFY tomonidan ma’lumotnoma tuman hokimligiga taqdim etilgan. Qo‘ng‘irot kanalidagi suv nasosini ta’mirlash uchun SIU berkitilgan.

MFY aholisiga ichimlik suvi, suyultirilgan gaz vaqtida berilmoqda va oqar suvning to‘liq yetkazib berish choralari ko‘rilganini bildiramiz», — deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring