Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘z farzandini azoblayotgan ona» videosidagi shaxslar aniqlandi

«O‘z farzandini azoblayotgan ona» videosidagi shaxslar aniqlandi

Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bola bilan qo‘pol muomalada bo‘linganligi aks etgan videotasvir tarqalgandi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida videoda aks etgan fuqarolarning shaxsi aniqladi.

35 yoshli Shaxlo E. va 45 yoshli Zayniddin E. ajrashish yoqasidagi oila. Shaxlo E. muqaddam xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga murojaat qilgan va unga himoya orderi berilgan. Shuningdek, er-xotin o‘zaro janjali jarayonida 9 yoshli voyaga yetmagan farzandidan foydalanayotganligi aniqlangan. Video o‘tgan yili suratga olingan bir nechta videotasvirlardan montaj qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bola tahsil oladigan maktab o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida, so‘nggi vaqtlarda bola xulqidagi o‘zgarishlar ularni tashvishga solayotganligini ma’lum qilishgan. 

Bolaning ota-onasi bilan suhbat o‘tkazilgan. Bolaning o‘zi bilan Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi psixologlari ishlamoqda. Bolaning kelgusidagi taqdirini hal qilish uchun mas’ul tashkilotlarning qarori chiqqunga qadar, u mazkur markazga vaqtincha joylashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring