«U hushida emasdi» — MIB binosida pichoqlangan ayolning ahvoli haqida ma’lumot berildi
Avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida alimentdan qariyb 12 million so‘m qarzdorligi bor erkak MIB binosida sobiq turmush o‘rtog‘ini pichoqlagani haqida xabar berilgandi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ayni vaqtda ayolning ahvoli qandayligiga aniqlik kiritdi.
Taqdim etilgan videolavhada Yangiyo‘l tibbiyot birlashmasi Jonlantirish bo‘limi mudiri Sattor Yusupovning qayd etishicha, 10 sentyabr kuni birlashmaga tez tibbiy yordam mashinasida 1989 yilda tug‘ilgan Sh.A. og‘ir tan jarohatlari bilan keltirilgan. Ayol hushsiz bo‘lgan, unda o‘tkir qon ketishi kuzatilgan. Bemor zudlik bilan jarrohlik amaliyotiga olingan. Tekshiruv davomida ayolning arterial qon tomirlari uzilishi aniqlangan. Shu sabab poytaxtdan qon tomiri bo‘yicha mutaxassislar yordamga chaqirilgan.
«Birgalikda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemor hozirda umumiy jonlantirish bo‘limida davolanmoqda. Hushida hamon yengil karaxtlik bor, biroq sog‘lig‘i yaxshi tomonga o‘zgarmoqda», deydi Sattor Yusupov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter