Turkiya prezidenti zilzila qurbonlari haqida ma’lumot berdi
Turkiya g‘arbida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 58 nafarga yetdi. Bu haqda davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.
Avvalroq 55 kishi vafot etgani va yana 896 kishi jarohatlangani haqida xabarlar tarqalgandi.
«Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila 58 nafar fuqaromizni hayotdan olib ketdi», — dedi Erdo‘g‘on Samsun shahrida. Turkiya rahbarining nutqi «Twitter»da translyasiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 30-oktyabr kuni kunduzi mahalliy vaqt bilan soat 13:31 (Toshkent vaqti bilan 16:31)da Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir viloyatida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Buning oqibatida ba’zi binolar qulab tushgan. Vayronalar ostida ko‘plab odamlar qolib ketgan. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofat – kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter