Turkiya-Eron chegarasida zilzila sodir bo‘ldi

Yevropa O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabariga ko‘ra, bugun, 19-noyabr soat 00:14 da (UTC) Turkiya-Eron chegarasida magnitudasi 4,8 ga teng zilzila kuzatildi.
Yer silkinishi markazi Eronning Tabriz shahridan 169 km. g‘arbda, Turkiyaning Van shahridan 100 km. sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km. chuqurlikda bo‘lgan.
Tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlar va vayronagarchiliklar haqida xabarlar kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter