«Tungi yog‘du» yerto‘lasidagi «baxtli voqea» fosh qilindi
Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazildi.
Unda 47 yoshli Yu.I. Uchqo‘rg‘on tumani Ko‘prikboshi ko‘chasida joylashgan «Tungi yog‘du» oshxonasining yerto‘lasini tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar o‘tkazish maqsadida qimor o‘yinlari uchun stol-stullar, karton qog‘oz yordamida o‘yin kartalari, temir va yog‘ochdan «o‘yin baraban» idishi, latta materialdan o‘yin qopchasi bilan jihozlab, oq va qora rangli sharchalarni 1 dan 90 gacha tartib bilan raqamlagan holda, o‘yin kartalarini fuqarolarga 5.000 so‘mdan sotib, «Baxtli voqea» qimor o‘yinlarini qonunga xilof ravishda tashkil etganligi aniqlangan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yu.I. tomonidan noqonuniy tashkil etilgan tavakkalchilikka asoslangan «Baxtli voqea» qimor o‘yinida 15 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etayotganliklari, shuningdek o‘yinga tikilgan 673.000 so‘m pul mablag‘lari, yuqorida sanab o‘tilgan jihozlar aniqlanib, tegishli tartibda protsessual rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Yu.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter