Toyloqda to‘qqiz kishini chuv tushirgan ish yurituvchi qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «L.Z» fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi A.T. 9 nafar fuqaroga xo‘jalikning jami 54 sotix sug‘oriladigan yer maydonini egalik qilish huquqini beruvchi qaror chiqartirib berishga ishontirib, 46,5 mln so‘mga sotib yuborganligi, shuningdek, fuqaro T.A. o‘zboshimchalik bilan egallangan 6 sotix yer maydonida uy uchun poydevor qurganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘z boshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter