Toshkentdagi universitetda ayanchli hodisa sodir bo‘ldi
Nemolchi.uz loyihasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini zo‘rlashga qaratilgan xatti-harakatlar amalga oshirilganligi haqida xabar tarqaldi.
Loyihaga universitetning 3-kurs talabasi murojaat qilib, uni dekan o‘rinbosari o‘z xonasida zo‘rlashga uringani, so‘ng qarshilik ko‘rsatgani uchun derazadan itarib yuborganini aytadi. Qiz o‘z vaqtida shifoxonaga olib borilgani sabab uning joni omon qolgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Natijasi haqida xabar qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter