Toshkentda topganlarga 40 mln so‘m mukofot va’da qilingan jinoyatchi ushlandi
Joriy yilning 18-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanib, tergovdan qochib yashiringan 3 nafar shaxs – 40 yoshli Umarov Rustamjon To‘lanboyevich, 34 yoshli Abdullayev Akromjon Baxtiyorovich hamda 28 yoshli Pattayev Toxirjon Xakimboy o‘g‘lini qidiruvga bergan edi.
Qidiruv e’lon qilinganlar orasidan R.Umarov o‘sha kunning o‘zidayoq, T.Pattayev esa 20-dekabr kuni ushlangan.
Joriy yilning 23-dekabrida poytaxt IIBB ushbu jinoiy guruhning 34 yoshli a’zosi A.Abdullayevning qidiruvida aholidan yordam so‘rab, uni «topgan yoki topishda ko‘maklashganlar»ga 40 mln so‘m mukofot e’lon qildi.
Ayni paytda ijimoiy tarmoqlarda mazkur guruhdagi uchinchi shaxs – o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan Abdullayev Akromjon Baxtiyorovichning ham qo‘lga olingani aks etgan foto va video tasvirlar tarqalmoqda.
Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter