Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘quvchi qiz «samosud» qilingani videosi tarqaldi

Toshkentda o‘quvchi qiz «samosud» qilingani videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta qiz bir qizni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

Joriy yilning 25 aprel kuni taxminan soat 15.00 larda Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza MFY hududida, bir oy avval o‘zaro gap talashib qolgan voyaga yetmagan 2010 yilda tug‘ilgan S.S. va uning dugonalari, tanishi voyaga yetmagan 2009 yilda tug‘ilgan K.M. ni urib, uzr so‘rashligini talab qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring