Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 5 oydan beri yashirinib yurgan shaxs qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida 5 oydan beri yashirinib yurgan shaxs qo‘lga tushdi

Foto: IIV matbuot xizmati

Bekobod tumanida yashovchi fuqaro X.Eshmatov tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. 

U arizasida joriy yilning 18-yanvardan 19yanvarga o‘tar kechasi o‘ziga tegishli savdo do‘koniga noma’lum shaxs yashirin ravishda kirib, (taxminiy summasi 4 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan) oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarni olib ketganligini va ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi.

Qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Bekobod shahri 5-dahada yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.P. sodir etganligi PPX xodimlari safdor U.Azimov va Sh.Qorayevlar tomonidan aniqlanib, 2 iyun kuni ushlandi.

Shuningdek, savdo do‘kondan o‘g‘irlangan 10 dan ortiq qurilish mollari daliliy ashyo sifatida olinib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan qo‘zg‘atilgan va jinoyat ishi tergovga o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring