Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 20 mingga yaqin xonadon gazsiz qoldi

Toshkent viloyatida 20 mingga yaqin xonadon gazsiz qoldi

Foto: «Xabar.uz»

Bekobod tumanida yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi gaz sizib chiqish (avariya) holatini yuzaga keltirdi.

Oqibatda Natijada Bekobod tumanidagi 40 ta MFYdagi jami 16 000 ta aholi xonadonlarida vaqtincha tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatildi.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on  tumani «Xalqobod», «Hamzaobod», «Navbahor», «Madaniyat», «Hosildor» MFYlariga yo‘naltirilgan yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi oqibatida gaz sizib chiqishi (avariya) holati yuzaga kelgan. Natijada, yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi jami 2680 ta aholi xonadonida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Hozirgi paytda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatda (1-1,5 soatda) yakunlanadi, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring