Toshkent viloyati hududida yer silkinishi kuzatildi
Bugun, 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:20 da (Grinvich bo‘yicha 16:20 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 41,87 gradus shimoliy kenglik; 70,9 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 155 km shimoliy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Bo‘stonliq tumanida 2 ball, 87 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter