Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tumani hududida yashirin jamoat a’zolari qo‘lga olindi

Toshkent tumani hududida yashirin jamoat a’zolari qo‘lga olindi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Toshkent tumani hududida «Katiba Tavhid val-Jihod» terroristik tashkilotning yashirin jamoati a’zolari qo‘lga olindi.

Joriy yilning 23 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «KTJ» terroristik tashkilotining yashirin jamoati a’zolari, mazkur tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlandi va ular qo‘lga olindi.

Ular jamoat bo‘lib shakllanishlari davomida turli diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari hisoblangan «Abdulloh Zufar» va «Sodiq Samarqandiy»ning audio va video ma’ruzalarini tarqatgan holda saflarini kengaytirish bilan shug‘ullanishgan.

Bundan tashqari, jamoat a’zolari Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida moddiy mablag‘larni to‘plab kelishgan va ularning saflariga qo‘shilishni maqsad qilishgan.

Holat yuzasidan Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring