Toshkent «to‘q sariq» xavf darajasiga chiqdi

Poytaxt havosi dunyoning shaharlari orasida ifloslanish reytingida 4-o‘ringa ko‘tarildi, deb xabar bermoqda «Uzb_Meteo» kanali.
Nam havo oqimlarining kirib kelishidan oldin pastdan yuqoriga sezilar-sezilmas kuch hisobiga poytaxt havosida mayda dipers chang zarrachalari bilan ifloslanish ortgan.
AQI platformasida poytaxt havosining sifat darajasi 144 birlik bilan baholanmoqda. Bu «to‘q sariq» xavf darajasiga ega.
O‘zgidromet 11 sentyabr kuni joylarda chang to‘zonlar kutilishi haqida prognoz qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter