Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi «Ming Chinor» kafesi yonib ketdi

Toshkent shahridagi «Ming Chinor» kafesi yonib ketdi

Foto: FVB

2020-yilning 18-aprel kuni soat 19:22 da Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan «Ming Chinor» kafesida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar qildi.

Foto: FVB

Yong‘in natijasida kafening taxminan 200 kv.m.dan ortiq maydoni yongan. Yong‘in qutqaruv jangovor bo‘limlari manzilga soat 19:23 da etib borgan hamda ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:12 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in joyiga 8ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring