Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Interpol qidiruvidagi ayol BAAdan O‘zbekistonga deport qilindi

Interpol qidiruvidagi ayol BAAdan O‘zbekistonga deport qilindi

Odam savdosida ayblanayotgan qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, u odam savdosi bilan shug‘ullangan, yaxshi maoshli ish va’da qilib, qizlarni BAAga olib borgan va u yerda pasportlarini olib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.

Ayol O‘zbekiston Respublikasini tark etganda, unga nisbatan sudlanuvchi sifatida sirtdan qaror chiqarilgan.

2013-yildan beri Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan. Interpolning yurtimizdagi Milliy markaziy byurosi va Buxoro viloyati Ichki ichlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tezkor harakatlari natijasida BAA huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring