To‘pponcha ko‘targan pensioner Bolgariya prezidenti qabulxonasiga bostirib kirdi
Kecha, 3-dekabr kuni Bolgariya prezidenti Rumen Radev qabulxonasiga 71 yoshli pensioner o‘qlangan to‘pponcha bilan bostirib kirdi. Bu haqda BTA agentligi xabar berdi.
Qariya prezident ma’muriyati xodimlariga tahdid qilgan.
Jandarmeriya qariyani hibsga oldi, u nega bu ishga qo‘l urgani sabablari aniqlanmoqda.
Voqea yuz bergan paytda Rumen Radev Polshadagi iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan BMT butunjahon konferensiyasida qatnashayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter