Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh tadbirkorning jasadi osig‘liq holda topildi

Yosh tadbirkorning jasadi osig‘liq holda topildi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro tumani, Istiqbol muhallasidagi Sangi savz qishlog‘ida yashovchi 29 yoshli fuqaro B.R.ning jasadi bir necha kundan keyin topilgani aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum B.R. tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan. Joriy yilning iyul oyida mahalladoshi M.Yo. ga uylangan va ular baxtli yashab kelishayotgan bo‘lgan. M.Yo. uch oylik homilasi bilan shahar kasalxonalaridan biriga davolanish uchun yotgan. Shu kunlarda juftlik biri-biridan telefon yozishmalar orqali xabardor bo‘lib turishgan.

Joriy yilning 29 oktyabr kuni B.R. sababsiz ko‘rinmay qolgan. Bu orada M.Yo. kasalxonadan qaytgan. B.R.ning bir necha kundan beri ko‘rinmay qolgani hammani xavotirga sola boshlagan.

Istiqbol mahallasi raisi Yunus Safarovning «Xabar.uz» ga ma’lum qilishicha, B.R.ning jasadi 5 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasida ishlab yurgan opasining hovlisida osilgan holda topilgan.

«B.R. aqlli, esli, hushli, mehnatkash bola edi. Tinch, havas qilarli yosh oila edi. Namunali, ibratli oilaning farzandi. Hammamiz lol qoldik. Kecha 5 noyabr kuni jasadi osig‘liq holda topilgan», — dedi Yunus Safarov.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan. Joy hamda murda mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan va o‘lim holatiga oydinlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: B.R.ning o‘zini tanishtirishni istamagan mahalladoshining aytishicha, u joriy yilning 29 sentyabr kuni o‘zining instagramdagi sahifasiga aktyor Morgan Frimenning: «Bir necha vaqt o‘tgandan keyin ko‘z yosh quriydi va oilangiz ovqat va ichimliklar tayyorlashga kirishadi. O‘lganingizdan keyin oilangiz dasturxon tuzaydi, turmush o‘rtog‘ingiz komediya ko‘radi, farzandlaringiz ishga ketadi. O‘zingiz uchun yashang!», deya so‘zlagan videosini joylashtirgan bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring