Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Suv ta’minoti»ning ayol xodimi kaltaklandi

«Suv ta’minoti»ning ayol xodimi kaltaklandi

Navoiy viloyati Karmana tumani suv ta’minoti korxonasining bir erkak va bir ayol xodimi fuqarolardan qarzdorlikni undirish maqsadida xonadonday yurganida iste’molchilar tomonidan kaltaklangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, urgan iste’molchi ichimlik suvi uchun to‘lovni oxirgi marta 2021 yil dekabrda amalga oshirgan, hozir uning qarzi 800 ming so‘mdan oshgan. Qolaversa, qiyoslash muddati o‘tgan suv hisoblagichni ham yangisiga almashtirmagan.

«O‘zsuvta’minot» AJ xabariga ko‘ra, tumanning qariyb 95 foiz aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Shundan 30 foizdan ortiq iste’molchilarning 8 mlrd. so‘mdan ziyod qarzi bor.

Katta qarzdorlik Konimex tumanida ham aniqlangan. Puli to‘lanmagan yuridik sub’yektlar tarmoqdan uzib qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring