Surxondaryoda fuqaroni qiynab o‘ldirgan inspektor yordamchilari qamoqqa olindi – Prokuratura
Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oqtom mahallasida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, vahshiylarcha qiynab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatinging aniqlik kiritishicha, shu yilning 10 iyulida Denov tumani Oqtom maxallasida yashovchi fuqaro Yunus Xushmatov tuman ichki ishlar bo‘limiga akasi Hasan Xushmatov mast holda yashash uyida janjal qilib, tinchligini buzayotgani haqida xabar bergan.
Shunga asosan, tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamchisi H.Xushmatovning xonadoniga kelishgan va uni avtomashinaga o‘tkazib, tuman IIBga olib ketishgan. Yo‘lda profilaktika inspektorining yordamchilari H.Xushmatovni bir necha bor urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.Xushmatov 11 iyul kuni shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104 va 206-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter