Surxondaryoda bojxona xodimi kaltaklandi

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi «Chumchuqlijar» chegara bojxona postida ayol F.K. (1963-y.t. tadbirkor) xizmatni o‘tab kelayotgan bojxona inspektori L.X.ga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, bosh qismi va yuziga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan F.K.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter