Surxondaryoda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonib ketdi, bir kishi jabrlandi

4-may kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida joylashgan «Ozod tex oil» MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Oqibatda 25 m.kub dizel yoqilg‘i saqlash rezervuari ichidagi taxminan 2 m.kub dizel yoqilg‘isi va rezervuar yonib zararlangan.
Aniqlanishicha, yong‘in shoxobcha hududida payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida kelib chiqqan.

Hodisa oqibatida bir kishi kuyish tan jaroxatini olgan va tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter