Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman o‘lik, aslida tirik. Ruminiyalik erkak sudda o‘zining o‘lmaganini isbotlab bera olmadi

Rasman o‘lik, aslida tirik. Ruminiyalik erkak sudda o‘zining o‘lmaganini isbotlab bera olmadi

Konstantin Relui

Foto: «Day.az»

«Xato tufayli o‘lgan deb tan olingan Ruminiya fuqarosi sudga tirikligini isbotlay olmadi», — deb yozmoqda «Lenta.ru» nashri «Associated Press» agentligining xabariga asoslanib.

63 yoshli Konstantin Relui (Constantin Reliu) ishi 16-mart juma kuni Ruminiyaning Vasluy shahrida ko‘rib chiqildi. Apellyasiyani kech bergan degan vaj bilan uning shikoyati rad etildi. Sud qarori qat’iy va shikoyatga o‘rin yo‘q.

U o‘zining «o‘lganini» 26 yildan so‘ng Ruminiyaga qaytib kelganida bilgan. 1992-yildan buyon Turkiyada yashagan Konstantin Relui Ruminiyada qolgan oilasi bilan aloqani yo‘qotadi. Uning xotini erini vafot etgan deb o‘ylab, 2016 yilda uning o‘lganligi to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirgan.

Ikki yil o‘tgach, turk hukumati mamlakatda muddati o‘tgan hujjatlar bilan yashayotgan Reliuni mamlakatdan chiqarib yuborgan. Ruminiyaga qaytib kelgach u o‘zining «o‘lganini» bilib qoldi. «Men tirik bo‘lsam-da, rasman o‘likman. Mening daromadim yo‘q, men hech narsa qila olmayman, chunki o‘lik hisoblanaman», — deydi u.

2016-yilda Kemerovoning markaziy tuman sudi hujjatga ko‘ra vafot etgan deb hisoblangan kishini tirik deb topgan edi. Bu anglashilmovchilik uning va Kemerovoda o‘lgan yana bir fuqaroning ismi, familiyasi, otasining ismi va tug‘ilgan yili bir xil bo‘lganligi sababli yuzaga kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring