Soxta hujjatlar bilan 10 milliard so‘m kredit olgan «uddaburon»lar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «Sh.» MChJni norasmiy boshqarib kelgan Sh.J. va boshqalar hududiy tijorat banki filialiga soxta baholash hujjatlarini taqdim qilish orqali naslli qora mollarni xarid qilish uchun ajratilgan 10 mlrd so‘m kredit mablag‘ini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter