Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘nggi 300 yilda eng kuchlisi: NASA 22 dekabrgacha davom etadigan kuchli magnit bo‘ronlaridan ogohlantirdi

So‘nggi 300 yilda eng kuchlisi: NASA 22 dekabrgacha davom etadigan kuchli magnit bo‘ronlaridan ogohlantirdi

Foto: «Shutterstock»

NASA astrofiziklari 16-dekabr — 22-dekabr oralig‘ida kuchli magnit bo‘ronlari yuz berishidan ogohlantirishdi.

Quyoshda bir nechta kuchli portlash sodir bo‘lib, ajralgan energiyasi Yerga yopiriladi, bu avvaldan hozirlik ko‘rish lozim bo‘lgan murakkab davrdir, deyiladi xabarda. Fazodan kelgan magnit to‘lqinlari inson salomatligiga ta’sirini o‘tkazishdan tashqari, «dunyoni zulmatga cho‘ktirishi» va elektr stansiyalarida uzilishlargacha olib kelishi mumkin.

NASA qayd etishicha, ushbu magnit bo‘roni so‘nggi 300 yildagi eng yirigidir. Uni Quyoshdagi AR2192 dog‘idagi plazmalar otilishi hosil qiladi, bunda zaryadlangan zarralar yorug‘likni 90 foizgacha yuta oladi.

Shifokorlar meteosezuvchanligi yuqori insonlarga shu kunlarda og‘ir jismoniy faoliyatdan o‘zlarini tiyishni maslahat berishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring