Sirdaryodagi noxush voqea sabab bir inson halok bo‘ldi

29-oktyabr kuni Sirdaryo viloyatida haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan GAZ-53 avtomashinasini Oqoltin tumani hududidan o‘tgan Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Shunda u o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda asfalt ustida harakatlanib ketayotgan velosiped haydovchisi Sh.A.ni orqasidan urib yuborib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Natijada velosiped haydovchisi olgan og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB Tb tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter