Sirdaryoda Prokuratura departamenti «xodimi» qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda hech qayerda ishlamaydigan M.A. fuqaro T.M.ning ishonchiga kirib, unga o‘zini go‘yoki Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, 1 000 AQSh dollari evaziga uni ushbu bo‘limga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, shundan 600 AQSh dollarini 2023-yil 15-aprel kuni olib, qolgan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter