«Sirdaryo»da oqib ketayotgan 8 yoshli bola olib chiqildi
Bugun, 27 iyul kuni Namangan viloyati Pop tumanida FV bo‘limi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda «Chig‘anoq» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi «Sirdaryo» daryosida 8 yoshli bola suvda oqib ketayotganligini ko‘rib qolishadi.
Darhol qutqaruvchi Olimjon Tulanboyev suvga sho‘ng‘ib bolakayni qutqarib, suvdan olib chiqqan.
Qayd etilishicha, hozirda bolakayning xolati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho‘milish qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Navoiyda 15 yoshli bolaning jasadi 3 kundan so‘ng topilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter