Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sho‘rchida dahshatli qotillik: gumondor Rossiyaga qochib ketgan

Sho‘rchida dahshatli qotillik: gumondor Rossiyaga qochib ketgan

Kecha, 6 aprel kuni soat 18:30larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Yakkabog‘ mahallasining xonadonlaridan birida vahshiylarcha pichoqlangan ona-bolaning jasadi topilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1965 yil tug‘ilgan X.X.ning jasadi bo‘yin sohasiga o‘tkir tig‘li jism bilan yetkazilgan tan jarohatlari hamda uning qizi 1992 yil tug‘ilgan M.Z.ning jasadi yuqori nafas yo‘llari va bo‘yin a’zolariga o‘tkir tig‘li jism yordamida yetkazilgan tan jarohatlari bilan topilgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a,j» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan gumondorga nisbatan mahalliy va xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

Aniqlanishicha, gumondor N.S. javobgarlikdan qutulish maqsadida Surxondaryo viloyatidan Tojikistonga o‘tib, u yerdan Rossiyaga ketgan. Gumondor shaxs Moskva viloyatining Domodedovo aeroportida qo‘lga olingan.

Hozir gumondorni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring