Shamol elektrostansiyasi qurilishida o‘g‘irlik sodir bo‘ldi
2023 yil 15 may kuni kech soat 22:40 larda noma’lum shaxs G‘ijduvon tumani «Ko‘kcha» mahallasi cho‘l massivida «OOO Teng Xing» kompaniyasi tomonidan shamol elektrostansiyasi qurilishi uchun xarid qilingan 1 metri 1.277.20 so‘m bo‘lgan, 110 diametrli jami 800 metr yelim trubalarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, tashkilotga jami 102.176.000 so‘mlik ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Navoiy viloyati Konimex tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan J.N. tanishi 1953 yilda tug‘ilgan E.P. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter