Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergeli bozorida to‘pponchadan o‘q uzgan erkak ruhiy-nevrologik dispanseriga joylashtirildi (video)

Sergeli bozorida to‘pponchadan o‘q uzgan erkak ruhiy-nevrologik dispanseriga  joylashtirildi (video)

21-oktyabr, yakshanba kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Sergeli tumani IIBga mashina bozorida to‘pponcha ushlagan shaxs yurgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Voqea joyiga yetib kelgan IIBB va Milliy gvardiya xodimlari Yunusobodda yashovchi 39 yoshli N.A.ni qo‘lga oldi. Undan Makarov pnevmatik to‘pponchasi va kukri pichog‘i olib qo‘yilgan.

Sergeli IIBga keltirilgan N.A. bozorga qarindoshiga tegishli «Matiz» va «Epica» avtomobillarini sotish uchun kelganini aytgan. U faqat havoga o‘q uzgani va hech kimga zarar yetkazmoqchi bo‘lmagani aniqlandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Qo‘lga olingan erkakning shaxsi aniqlanganda, u ruhiy-nevrologik dispanserda ro‘yxatda turishi oydinlashdi. U ushbu davolash muassasasiga qaytadan joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring