Sariosiyoda o‘nlab o‘quvchilar ovqatdan zaharlandi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy yilning 18-yanvar kuni o‘quvchilar ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar e’lon qilingan.
Ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi hodisa sodir bo‘lganini tasdiqladi.
Maktab-internat yotoqxonasiga 120 nafar o‘quvchi joylashgan bo‘lib, shundan 32 nafarida 2024-yil 18-yanvar kuni soat 22:00-24:00 oralig‘ida sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘ngil aynishi, oshqozonda va qorinda og‘riqlar kuzatildi, deyiladi rasmiy xabarda.
Mazkur holat bo‘yicha maktab-internat hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatdi, qo‘shimcha yordam uchun tez yordam xodimlarining ko‘rsatmasiga ko‘ra tuman tibbiyot birlashmasiga olib borildi.
Joriy yilning 19-yanvar kuni Sariosiyo tuman Sanitariya va epidimalogiya osoyishtalik markazi tomonidan maktab-internat oshxonasining sanitariya holati to‘liq o‘rganilib, 18-yanvar kuni o‘quvchilarga berilgan nonushta, tushlik va kechki ovqat namunalari tahlil uchun olindi.
Hozirda barcha o‘quvchilarning sog‘ligi yaxshi. Vaziyat IIB, SES hamda ta’lim muassasalari agentligi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter