Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi sex davlatga naq 4 mlrd. so‘m zarar keltirdi

Samarqanddagi sex davlatga naq 4 mlrd. so‘m zarar keltirdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Paxtachi tumanida 4 mlrd. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan yashirin ohak sexi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «Jahonobod» MFY hududidagi xonadonda yashovchi J.Sh. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulangan holda 2,7 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring