Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «Spark» va «Nexia» bosib o‘ldirishga uringan it quturgan bo‘lgani aytilmoqda (video)

Samarqandda «Spark» va «Nexia» bosib o‘ldirishga uringan it quturgan bo‘lgani aytilmoqda (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

28-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda «Spark» va «Nexia» mashinalari haydovchilari itni bosib o‘tishga urinayotgani videosi tarqalgandi va bu holat turli munozaralarni keltirib chiqargandi.

O‘sha videoda aks etganidek, oldiniga bunga «Nexia» haydovchisi itni mashinada turtib o‘tadi, so‘ng Spark «Spark» mashinasi uni bosib ketishga harakat qiladi. Bu holat patrul-post xizmati avtomobili yonida ro‘y berdi.

«Zarnews.uz» nashrining viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, 28-avgust kuni soat 1:30 da Samarqand shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan shaharda bir guruh fuqarolarni it tishlagani haqida shoshilinch xabarnoma kelib tushgan.

Shu xabarga asosan soat 3:00 da shahar IIB PPXB va JSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va it ovlash brigadasi voqea joyiga yetib borib, quturganlikda gumon qilingan itni ushlash choralarini ko‘rgan.

Ushbu jarayonda it tadbir ishtirokchisi bo‘lgan ichki ishlar xodimiga ham tashlangan. Shu sababli itni ushlashda zarur choralar ko‘rishga to‘g‘ri kelgan.

Odamlarga tashlangan it ushlangach, shahar veterinariya bo‘limi tomonidan viloyat veterinariya boshqarmasi virusologiya laboratoriyasiga yuborilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoda aks etgan it 15 nafar fuqaroga tashlanib, ularga jarohat yetkazgan. Bu fuqarolarning barchasi shifoxonaga yotqizilib, antirabik emlash kursi olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring