Samarqandda milliardlab so‘mlik gaz o‘g‘irlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «S.» MChJ mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazib, jami 2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «S.B.» xususiy korxonasi rahbari A.A. «Ishtixontumangaz» hududiy bo‘limi chilangari A.J. yordamida korxonaga qarashli to‘yxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 231,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «M.M.» MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar MChJga qarashli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish sexidagi gaz hisoblash uskunasiga o‘rnatilgan tamg‘ani buzib, jami 236,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter